80shkola
  7. OTA-ONALAR YOKI ULARNING O’RNINI BOSUVCHI SHAXSLARNING HUQUQLAR, MAJBURIYATLARI VA MAS’ULIYATLARI
 

7.1. Ota-onalar va ularning o’rnini bosuvchi shaxslar:

-O’zlarining balog’atga yetmagan bolalari uchun Ta'lim shakllarini, umumiy o’rta Ta'lim muassasasi turi va o'qitish turini tanlash.

-Ta'lim muassasasi ma’muriyatidan maktab Ustavi asosida zarur shart-sharoitlar yaratilishini, bolaga hurmat bilan munosabatda bo’lishini talab qilish.

-Ta'lim muassasasi faoliyatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga egadirlar.

7. 2. OTA-ONALAR YOKI ULARNING O’RNINI BOSUVCHI SHAXSLAR:

-Bolalarning jismoniy va ruhiy jihatdan sog’lom bolishi togrisida gamxorlik qilishlari.

-Bolaning qadr-qimmatini hurmatlashlari, bolada mehnatsevarlik, yaxshilik, muruvvat tuyg’ularini, davlat tili va ona tiliga, madaniy qadriyatlariga nisbatan hurmat fazilatlarini tarbiyalashlari.

-Bolalarni maktabda o'qitish uchun belgilangan tartiblar hajmida pullik Ta'lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlatni yaratishlari shart.

7. 3. Ota-onalar yoki ujarning o’rnini bosuvchi shaxslar rnaktabda o'quvchilarning manfaatlariga taaluqli masalalar muhokama qilinayotganda ushbu muhokamada qatnashish huquqiga egadirlar.

7. 4. Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar farzandlarining maktabda
davlat Ta'lim standartlari doirasida Ta'lim olishlari uchun amaldagi qonunlarga binoan
maktab bilan barobar mas’uldirlar.
 
  Сегодня были уже 1 посетителей (15 хитов) здесь!  
 
Этот сайт был создан бесплатно с помощью homepage-konstruktor.ru. Хотите тоже свой сайт?
Зарегистрироваться бесплатно