1. 1. Toshkent shahar, Yunusobod tuman 80-sonli umumta’lim maktabi o'quv -O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, "Та'lim to’g’risida" gi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasiga oid farmonlari, qarorlari, jumladan 2007 yil 26 fevraldagi PF-3857-sonli “Xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish mehanizmini takomillashitirish to’g’risida”gi Farmoni, 2007 yil 29 martdagi PQ-609-sonli “Umumta’lim maktablarining namunaviy shtatlarini tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risidagi” Qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to’g’risida”gi 5-sonli, 1998 yil 13 maydagi “O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risida”gi 203-sonli hamda 2004 yil 9 iyuldagi “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalgam oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 321-sonli, 2005 yil 21 dekabrdagi “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to’lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to’g’risida”gi 275-sonli, 2007 yil 30 martdagi “Xalq ta’limi muassasalarining moliyaviy-iqtisodiy ta’minoti takomillashtirish chora-tadbirlarini amalgam oshirish to’g’risida”gi 63-sonli qarorlari asosida tashkil qilingan bo’lib, o’z faoliyatida yuqoridagi hujjatlarga, Hukumatning, Xalq ta’limi vavazirligining ta’lim-tarbiyaga oid qaror, farmoyish, buyruq va ko’rsatmalariga va mazkur ustavga amal qiladi.
1.2. Maktab uzluksiz Ta'lim tizimining asosiy bo’g’ini bo’lib, u o'quvchi yoshlarga 1-9 sinf hajmida Xalq Ta'lim standartlari asosida fan asoslaridan umumiy o’rta ma’lumot beruvchi kunduzgi majburiy Ta'lim muassasasidir.
1.3. Maktab XTV tizimidagi mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi va davlat gerbi tasviri tushurilgan muhri, shtampiga, g’aznachilik bo’limlari va banklarda hisob raqamiga va boshqa belgilariga ega.
1. 4. Maktab umumiy o’rta Та'lim muassasasini attestasiya va akkreditasiya qilish natijasiga ko’ra Davlat test markazi huzuridagi Kadrlar tayyorlash sifatini
nazorat qilish va attestasiya boshqarmasi o’tkazgan attestasiya natijalariga ko’ra Xalq Ta’limi tizimining boshqaruv idorasining roziligi bilan mahalliy hokimiyat qaroriga asosan tugatilishi yoki Та'limning bir turidan boshqa turiga o’zgartirishi mumkin.
1.5 Maktab Toshkent shahar Yunusobod tumani Markaz-5da joylashgan.
|