5. 1. Maktab ishiga maxsus pedagogik ma’lumotga ega bo’lgan kadrlar, maktab ehtiyojiga ko’ra, direktorning buyrug’i asosida, shartnomaga binoan qabul qilinadi.
5. 2. Pedagogik xodimlarning huquqlari, burchlari va vazifalari, ularni ijtimoiy himoya qilish O'zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risida" Qonuni va Mehnat kodeksi bilan belgilanadi.
5. 3. Maktab pedagogik xodimlari:
-Maktabda, jamoat orasida o’z bilimi, ma’naviy - ahloqiy fazilatlari bilan
boshqalarga o’rnak bolishlari;
-Jamiyat va hayot uchun maqbul bo’lmagan hatti-harakatlar qilishdan saqlanishlari;
-Maktab obrazi, Та'lim – tarbiya sifati va samaradorligini oshirish yo’lida faollik korsatishlari;
-Kasb-korining yuksak darajasida Ta'lim berishlari, Ta'lim oluvchilarning o'quv dasturlarini davlat Ta'lim standartlari darajasida ozlashtirishlarini ta minlashlari;
-O'quvchilar shaxsini hurmat qilishlari, ularni qonunlarga, mehnatga, ota-onalarga, ma naviy, tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashlari;
-O’sib –ulg’ayib kelayotgan yosh avlodni bir -birini tushunish, xalqlar, millatlar va elatlar o’rtasidagi tinchlik, ahillik va inoqlik ruhida tarbiyalashlari va ularni zo’ravonlikning barcha ko’rinishlaridan himoya qilishlari;
-O’zlarining kasbiy mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari;
-O'quvchilarni mustaqil fikrlashga orgatish va matbuotdan foydalanishlari;
-O'zbekiston madhiyasi, gerbi, bayrog’ini ardoqlashni, vatanni va xalqni sevishni, insoniy fazilatni his qilishni o'quvchi ongiga singdirishga erishishlari;
-Maktabga dars boshlanmasdan 10-15 daqiqa oldin kelib, sinfni darsga tayyorlashlari;
-Maktabga ozoda va tartibli holda oddiy kiyimlarda kelish, kamtarin bolishlari;
-Har bir darsga puxta tayyorlanish, o'quvchilarga sifatli bilim berishlari;
-Madaniyatli, xushfe’1, hamkasblariga hurmatda bo’lishlari.
-Maktabda darsdan tashqari, ijodiy, ommaviy, tarbiyaviy tadbirlarga to’liq qatnashish, tarbiyaviy soatlarning samaradorligini oshirishlari;
-Darsni o’z vaqtida o’tmaslik va tashlab ketish, mehnat intizomini buzish bilan
barobarligini unutmaslik.' :
-Maktab jihozlarini va xonalarini ko’z qorachig’iday asrash va uni o'quvchilardan ham talab qilishlari.
5.4 Maktabga o'rtiqcha zeb-ziynatsiz bir hil to'q rangdagi kostum-yubka (kostyum-shim) och rangdagi kofta (ko'ylak) libosda kelishlari lozim.
5.5. Maktabning o'quv-tarbiya ishlarida yuqori natijalarga erishgan o'qituvchilar amaldagi qonun va qoidalarga binoan moddiy va ma’naviy jihatdan rag’batlantirilib boriladi.
5.6. Maktabda har bir fan, yo’nalishida metod birlashma tuzilib, ular reja asosida faoliyat ko’rsatadi.
5.7. O’qituvchilar:
- mashg’ulot o’tkazishga tayyorgarlik ko’radi, o’z kasbiy malakasini muntazam ravishda oshiradi, maktabda tashkil qilingan uslubiy birlashmalarning faoliyatida va boshqa shakldagi uslubiy ishlarda ishtirok etadi;
- maktab pedagogic kengash ishida va maktab ma’muriyati tomonidan o’tkazilayotgan majlislarda ishtirok etadi
- o’quvchilarning ota-onalari bilan doimiy aloqada bo’ladi.
5. 8. Maktab o'qituvchilari har 3 yilda yoki malaka oshirishga ehtiyoj tugilganda malaka oshirish institutlarida o’z kasbiy mahoratlarini va malakalarini takomillashtiradilar, yosh mutaxassislar esa o'quv yurtini bitirganlaridan keyin 3 yildan song malaka oshirishdan o’tadilar.
5.9 Pedagog xodimlarning malaka toifalari malaka komissiyasi tomonidan tuzilgan va attestasiya to’g’risidagi tegishli Nizomga binoan o’tkazilgan attestasiya natijalariga ko’ra belgilanadi.
5.10. Maktab pedagog xodimlari: (1) maktab Pedagogik kengashida, maktabning boshqa ichki birlashmalarida, (2) ishchilar jamoasining umumiy yig’ilishlarida qatnashish yo’li bilan maktabni boshqarishda ishtirok etadilar.
5.11. Maktab pedagog xodimlari o’z vakolatlari doirasida quyidagi vazifalarni amalgam oshiradilar: (1) o’quvchilarga o’qitilayotgan fanning o’ziga xos xususiyatlarini va o’quvchilarning yoshini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya berish, (2) ularda umumiy madaniyatni shakllantirishga, o’quvchilar ixtisoslashtirilgan yo’nalishlarni ongli ravishda tanlashiga va o’zlashtirishiga ko’maklashish, (3) o’quv jarayonida xavfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilinishi tartibini ta’minlash.