80shkola
  4. O'QUVCHILARNING HUQUQ VA BURCHLARI.
 

4.1. O'quvchilar quyidagi huquqlarga egadirlar:

- Davlat standartlariga muvofiq bepul umumiy tа'lim olish;

- O’z insoniy qadr – qimmatlarini hurmat qilinishi, vijdon va axborot erkinligini his qilish, o’z qarashlari va e’tiqodlarini erkin ifoda etish;

-Ta'lim muassasasini boshqarishda qatnashish;

-Turli xil ilmiy faoliyat bilan shug’ullanish, konferensiyalar, anjumanlar, seminarlar, olimpiadalar, ko’rgazma va tanlovlarda ishtirok etish;

- O'quv shaklini mustaqil tanlash;

- Qo’shimcha Ta'lim olish xizmatidan foydalanish.

4. 2. MAKTAB O'QUVCHILARIDAN:

-O'zbekiston Respublikasining qonunlariga, milliy ahloq-odob qoidalariga rioya qilishlari, -O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi, gerbi, bayrogini ardoqlash, Vatanimizni va xalqimizni sevish, insoniy fazilatlarni egallashlari;

-Maktabning ustavi va ichki tartib qoidalarini so’zsiz bajarishlari;

-Davlat Ta'lim standartlari hajmida umumiy Ta'lim olish uchun intilishlari;

- maktabga sababsiz dars qoldirmasliklari, o'qituvchilar tomonidan berilgan topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishlari;

-O’z bilimi va amaliy ko’nikmalarini muntazam ravishda oshirib va mustahkamlab borishlari hamda umumanadaniy saviyalarni yuksaltirishlari;

-Maktabga talab qilingan maktab formasida kelish: qizlar: oq kofta va to’q rang yubka; o’g’il bolalar: oq, havorang ko’ylak, qora yoki to’q rangdagi shim, kostyum, galstuk.

-Maktab va jamoa topshiriqlarini bajarishda faollik ko’rsatishlari.

-Maktab va jamoat mulkini avaylab asrashlari.

-Maktabda maktab pedagogik kengashi va ota-onalar qomitasi tomonidan tasdiqlangan kiyimda kelishlari ;

-Maktab sanitariya - gigiyena holatiga rioya qilgan holda kelishlari;

-O'quv qurollari, kitob - daftarlarni ozoda tutish;

-Tabiatni sevish, ekologiyaning buzilishiga yo’l qo’ymaslik;

-Kitob o'qish, san’atni sevish, mehnatsevar bo’lish;

-Jismoniy tarbiya bilan doimo shugullanish;

-O’z –o’zini anglash, tarbiyalash, nazorat qilish, mehnat qilishni ongli ravishda ba jarish;

-Yol harakati qoidalariga rioya qilish talab etiladi.

 

4.3. O'quvchilar va o'qituvchilar o’rtasida murakkab vaziyatlarni va muammolarni hal qilish maqsadida maktabda adolat komissiyasi tuziladi. Komissiya yig’ilishlarida o'quvchi yoki uning ota-onalari tomonidan yozma, yoki og’zaki holda berilgan arizalar ko’rib chiqiladi va hal etiladi.

 

4.4. Jamoat tartib - qoidalarini buzgan, maktab jihozlari va mulkini ishdan chiqargan, tizimli ravishda o'qituvchilar va maktab rahbariyatining shaxsiyatiga tegadigan hatti-harakatlar sodir etadigan o’quvchiga nisbatan mahalliy hokimlik qoshidagi voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash komissiyasi bilan kelishgan holda tegishli choralar qo’llaniladi.

 

4. 5. Maktabda amaldagi qonunchilikka muvofiq, o'quvchilar uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyat ko’rsatish huquqiga egadirlar. 
 
  Сегодня были уже 1 посетителей (1 хитов) здесь!  
 
Этот сайт был создан бесплатно с помощью homepage-konstruktor.ru. Хотите тоже свой сайт?
Зарегистрироваться бесплатно