3. 1. Maktabdagi Ta'lim jarayoni umumta'lim dasturining ikki bosqichiga muvofiq amalga oshiriladi:.
a) boshlang’ich ta'lim 1-4 sinflar;
b) o’rta ta’lim 5-9 sinflar
3. 2. Boshlang’ich Ta'lim o'quvchilarning o'qish, yozish, hisoblashga oid dastlabki bilim va ko’nikmalarini, nazariy fikrlash elementlarini, nutq va xulq madaniyati asoslarini shaklantiradi, shaxsiy gigiyena va sog’lom turmush tarzini ta’minlashga asos yaratadi.
3. 3. Birinchi sinfga 7 yoshga to’lgan, Ta'lim olish uchun va jismonan tayyor, tibbiy - pedagogik komissiya va maktab ruhshunoslik xizmati ko’rigidan o’tgan bolalar qabul qilinadi. Bolalarni qabul qilish o'quv yili boshlangunga qadar amalga oshiriladi va maktab bo’yicha buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
3. 4. Maktabdagi Ta'lim O'zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi tomonidan tasdiqlangan o'quv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
3. 5. Maktabdagi Ta'lim tili O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida" gi, "Ta'lim to’grisida"gi qonunlariga muvofiq belgilanadi.
3. 6. Davlat Ta'lim standartlari talablari doirasida o'quv dasturini o’zlashtira olmagan o'quvchilarga yordam ko’rsatish uchun boshlang’ich va 5-9 sinflarda pedagogik qo’llab -quvvatlashning turli shakllari, jismoniy, ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan bolalarni o'qitish va tarbiyalash uchun maktab qoshida raaxsus sinflar tashkil etilishi mumkin.
3. 7. Maktab o'quvchilariga tibbiy xizmat ko’rsatish shtatli yoki maktabga maxsus biriktirilgan tibbiy xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiy xodimlar ma muriyat bilan bir qatorda bolalarning sog’ligi va jismoniy ruvojlanishi uchun mas’uldir.
3. 8. Maktab o'quvchilarini sinfdan-sinfga ko’chirish, yakuniy attestasiyalarni o’tkazish Xalq Ta’limi Vazirligining yoriqnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
3. 9. O'quvchilarni tibbiy komissiya xulosasiga asosan ko’chirish va yakuniy attestasiyadan ozod etish masalasi Xalq Ta’limi Vazirligi va sogliqni saqlash vazirligining qoshma buyruqlariga asosan hal etiladi.
3. 10. O'quvchilarga maktabni tamomlaganligi haqidagi hujjatlaming berilish tartibi, yakuniy attestasiyaning belgilangan tartibidan istisnolar Xalq Ta’limi Vazirligi tomonidan belgilanadi.
3. 11. Maktabning yakuniy attestasiyalaridan muvaffaqiyatli otgan o'quvchilariga davlat namunasidagi attestat, Ta'limda alohida muvaffaqiyatlarga erishayotganlarga esa imtiyozli attestat topshiriladi.
3. 12. Maktab oz hududida yashovchi maktab yoshidagi 1-9 sinflarda o'qishi lozim bolgan barcha bolalarni majburiy Ta'lim olishga toliq jalb etishni amalga oshiradi. Maktabning ixtisoslashtirilgan va ayrim fanlarni chuqur orgatiladagan sinflariga o'quvchilarni maxsus ishchi guruhlari tomonidan tanlov asosida qabul qilinadi.
3. 13. Maktabdagi darsning, o'quv choragi va o'quv yilining davom etish muddati, kunlar va haftalar boyicha dars jadvali, sinflarning toldirilishi va o'quvchilarga beriladigan o'quv yuklamalari umumiy orta - Ta'lim davlat standartiga muvofiq belgilanadi.
3.14. Maktabda o'quv yili 1sentabrdan boshlanadi.O’quv yilidagi o’quv mashg’ulotlari 2 sentyabrdan boshlanadi va 25 mayda tugaydi.
O'quv yili 4 chorakka (2 yarim yillikka) bo’linadi, uning boshlanishi va oxiri o'quv rejasi bilan belgilanadi. O'quv yili, amaliy mashg’ulotlarni hisobga olmaganda 34 hafta, 1-sinflarda esa 33 hafta davom etadi, ularga maktab pedagogika kengashi qarori bilan fevral oyining ikkinchi o’n kunligida bir hafta ta’til beriladi. O’quv yili davomida kuzgi, qishki, bahorgi ta’tillar kamida 30 kalendar kuni qilib belgilanadi va Xalq Ta’limi Vazirligining (XTV) buyrug’i bilan tasdiqlanadi.
Yozgi ta’til o'quv yili mashg’ulotlari tugagan kundan boshlab 31 avgustgacha davom etadi.
3.15. O'quv yili davomida maktabda ish va mashgulotlar quyidagi bayram kunlari otkazilmaydi:
1- yanvar - Yangi yil
8 mart - Xotin-qizlar kuni
21 mart - Navroz bayrami
9 may - Xotira va qadrlash kuni
1 sentabr - Mustaqillik kuni
1 oktyabr "O'qituvchilar va murabbiylar kuni"
8 dekabr. - Konstitutsiya kuni
"Ramazon va Qurbon hayitlari - diniy bayramlarning birinchi kuni.
3.16. Kundalik o'quv mashgulotlari soni va tartibi maktab direktori tomonidan tasdiqlangan dars jadvali bilan belgilanadi. Darslar orasida tanaffuslarning davom etishi o'quvchilarning faol dam olishlari va issiq ovqat bilan ta minlanishlarini tashkil qilishni hisobga olgan holda belgilanadi.
3.17. 1- sinf o'quvchilariga uy vazifalari berish majburiy emas. 2-9 sinf o'quvchilariga pedagogik talablar va har bir bolaning shaxsiy, ruhiy -jismoniy xususiyatlarini hisobga olgan holda uy vazifalari berilishi mtumkin.
3.18. Maktab o'quvchilarining bilimlari XTV tomonidan tasdiqlangan reyting tizimida baholanadi.
3.19. Maktab uchun iqtidorli bolalarni izlash, tanlab olish va o'qitish boyicha maxsus, shu jumladan mualliflik o'quv dasturlari va o'quv adabiyotlari yaratilishi, iste dodli va iqtidorli bolalar тагкиг dasturlar va yakka tartibdagi jadval asosida Ta'lim olishlari mumkin.
3.20 Maktabdagi sinfdan tashqari mashgulotlar va togarak ishlari kongillilik, faoliyat turini tanlashda mustaqillik, ozaro hurmat va hamkorlik prinsiplari asosida ota-onalar istagi, o'quvchilarning qiziqishi, intilishi va qobiliyatlarini hisobga olgan holda otkaziladi.