6.1. Maktabda o'quv-tarbiya ishlari mazkur Ustavning 1.1 (birinchi qism birinchi bandida) ko’rsatilgan hujjatlar asosida olib boriladi.
6. 2. Maktabni boshqarish demokratiya, oshkoralik, o’z-o’zini boshqarish tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Maktab jamoasi o’ziga yuklangan vazifalarni ota-onalar, mahalla qo’mitalari, keng jamoatchilik bilan mustahkam hamkorlikda bajariladi.
6. 3. Maktab pedagogika kengashi maktabni boshqarishning oliy organi hisoblanadi. Maktab direktori o’z lavozimi bo’yicha pedagogik kengash raisi hisoblanadi.
6.4 maktablarda pedagogic, metodik, vasiylik kengashlari hamda ota-onalar qo’mitasi Xalq ta’limi vazirligi buyruqlari bilan o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan tegishli Nizomlar asosida shakllanadi hamda faoliyat ko’rsatadi.
6.5 maktabning o’quv-tarbiya jarayoni va kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlikni maktab direktori olib boradi.
MAKTAB DIREKTORI:
-Davlat va jamoat tashkilotlarida maktab manfaatini ifodalaydi.
-O'quv-tarbiya jarayoni muvaffaqiyatini ta’minlaydi. O'quv dasturlarining bajarilishini nazorat qiladi, o'quv-tarbiya ishlarining sifati va samaradorligiga, bolalikni va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya qilinishiga, maktabdan tashqari va ma naviyat ishlarining tashkil qilinishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
-Maktab pedagogik va rahbar kadrlarini tanlab, joy-joyiga qo’yadi, ularning vazifalarini belgilaydi, pedagog kadrlarni, kabinet va ustaxona mudirlarini belgilaydi, sinf rahbarlarini tayinlaydi, pedagogik va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni ishga qabul qiladi va bo’shatadi.
-Maktab pedagogika xodimlarining Attestasiya komissisiga rahbarlik qiladi.
-Maktab pedagogika xodimlarining ijodiy o’sishlari, Ta'lim-tarbiyaning ilg’or shakl va usullarini qo’llashlari uchun shart-sharoitlar yaratadi.
-Maktabga ajratilgan moliyaviy mablag’lar sarf-xarajatlar hisobini yuritadi.
-Maktab me’yoriy hujjatlarining to’g’ri yuritilishini ta’minlaydi.
-Maktab pedagogika kengashi, mahalliy hokimlik oldida o’z faoliyati to’g’risida hisob berib turadi.
-Maktab pedagogika kengashining qarorlari ma muriyat va maktab jamoasining barcha aэzolari uchun majburiydir.
6. 6. MAKTAB D1REKTORINING O'QUV-TARBIYA ISHLARI BO’YICHA O’RINBOSARI:
6.6.1. Maktab direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari maktab direktorining tavsiyasiga ko’ra tuman xalq ta’limi bo’limining mudiri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va bo’shatiladi.
6.6.2. Maktab direktorining o’ quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari maktab direktori bilan hamkorlikda maktabdagi o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etadi, maktab pedagoglari jamoasiga uslubiy jihatdan rahbarlik qiladi, o’quv jarayonida xavfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga roiya qilinishi tartibini ta’minlaydi, o’quv ishi bo’yicha hisobotlarni yuritadi va umumiy majburiy ta’lim bo’yicha ishni tashkillashtiradi.
6.6.3. Maktab direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari bevosita maktab direktoriga bo’ysunadi.
6.6.4. Maktab direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosariga bevosita: (1) o’qituvchilar, (2) o’quvchilar, (3) laboratoriya xodimlari bo’ysunadi.
6.6.5. Maktab direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari o’z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini bajaradi:
-pedagoglar jamoasining faoliyati kundalik va istiqbol rejalashtirishini rashkil etadi.
-o’qituvchilar va boshqa pedagog xodimlarning o’quv rejalarini va dasturlarini bajarish bo’yicha ishlarni muvofiqlashtiradi.
-zaruriy o’quv-uslubiy hujjatlar ishlab chiqilishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi.
-imtihonlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish ishlarini tashkil etadi.
- pedagog xodimlarga yangi dasturlar va pedagogic texnologiyalarni o’zlashtirish va ishlab chiqishda yordam beradi;
6.7. Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari:
6.7.1. Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari direktorining taqdimotiga ko’ra tuman xalq ta’limi bo’limining mudiri tomonidan tayinlanadi va lavozimidan olinadi.
6.7.2. Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari o’quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishni tashkil qiladi, tarbiyaviy jarayon yuzasidan umumiy uslubiy rahbarlikni amalgam oshiradi, aniq bir tadbirlar o’tkazilganida o’quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari ishlashda xavfsizlik texnikasi me’yorlariga va qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi.
6.7.3. maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari bevosita maktab direktoriga bo’ysunadi.
6.7.4.maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosariga bevosita:
(1) sinf rahbarlari, (2) o’quvchilar, (3) sardorlar, (4) qo’shimcha ta’lim pedagoglari bo’ysunadi.
6.7.5 Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari o’z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini bajaradi:
- o’quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy ish bo’yicha joriy va istiqbol rejalar tuzilishini va uning o’tkazilishini tashkil etadi.
- maktabdan tashqari tashkilotlar: mahalla qo’mitasi va shu kabi boshqa tashkilotlar bilan olib boriladigan ishlar rejasi tuzilishini tashkil etadi.
- tarbiyaviy jarayonni tashkil etish masalalari bo’yicha ota-onalarni qabul qiladi.
6.8. Direktorning moliyaviy hamda moddiy masalalar bo’yicha vazifalari va majburiyatlari:
Yuridik shaxs maqomiga ega xalq ta’limi muassasi, shu jumladan maktab Direktori fondining budjet mablag’larining bosh boshqaruvchisi mazkur muassasa rahbari hisoblanadi.
Tegishli moliya tashkilotlarining xalq ta’limi muassasalarini moliyalash bo’limlari bilan birgalikda quyidagi vazifalarni amalgam oshiradi:
1. pedagog xodimlar tarifikasiyasini hisobga olgan holda maktab shtat jadvali va harajatlar smetasini tuzish va ularni moliya organlarida ro’yxatga olish;
2. belgilangan standartlarga muvofiq umumtalim maktabi buxgalterlik hisob-kitobi va hisobotini olib borishini taminlash;
3. to’lovlar, oylik maoshni belgilash va to’lash, nafaqa hamda unga tenglshtirilgan boshqa to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirish, shuningdek maktabda moddiy boyliklarning hisob-kitobini olib borishini tashkil etish va amalga oshirish;
4. ta’lim muassasasini binolarining texnik holatini, ya’ni saqlanishini, barcha moddiy boyliklarning saqlanishini nazorat qiladi.
5. kommunal to’lovlar (gaz, elektr energiya, suv va issiqlik energiyasi) bo’yicha hisoblagichlarni kundalik ko’rsatkichlarini olib, tahlil qilgan holda, budjetda ajratilgan mablag’lardan tejamkorlik bilan foydalanishni;
6. telefon tarmoqlaridan foydalanishda, aloqaning uzluksizligini, sifatini nazorat qilish hamda aloqa buzilgan hollarda hududiy telefon tarmoqlari bo’linmalariga xabar berib, aloqani tiklash choralarini ko’rish;
7.ta’lim muassasasining sanitariya holatini talab darajasida bo’lishida farroshlar, binoni qo’riqlashda qorovullar, atrof-muhitni obodonlashtirihda bog’bonlar ishining to’g’ri tashkil qilinishini;
8. kuz-qish mavsumiga muassasa binosi tomlarini, oyna va romlarni, isitish tizimini, kanalizasiya quvurlarini ta’mirlab, tayyor holga keltirilishini ta’minlaydi.
6.9. Ta’lim muassasasi rahbarining xo’jalik ishlari bo’yicha o’rinbosarining yoki xo’jalik mudirining moddiy javobgarlik bo’yicha vazifalari va majburiyatlari
6.9.1. Maktab direktorining mamuriy-xo’jalik ishlar bo’yicha o’rinbosari maktab direktorining taqdimotiga ko’ra tuman xalq talimi bo’limining mudiri tomonidan lavozimga tayinlanadi va bo’shatiladi.
6.9.2. Maktab direktorining mamuriy-xo’jalik ishlar bo’yicha o’rinbosari bevosita maktab direktoriga bo’ysunadi.
6.9.3. Maktab direktorining mamuriy-xo’jalik ishlar bo’yicha o’rinbosari o’z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini amalga oshiradi:
- ta’lim muassasasini binolarining texnik holatini, ya’ni saqlanishini, barcha moddiy boyliklarning saqlanishiga javobgardir.
- ta’lim muassasasidagi xo’jalik ishchilarini nazorat qilish, har oyda hisobxonaga, ishchi xodimlarni ishga kelganligi haqida ta’bel topshirish.
- kommunal to’lovlar (gaz, elektr energiya, suv va issiqlik energiyasi) bo’yicha hisoblagichlarni kundalik ko’rsatkichlarini olib, tahlil qilgan holda, budjetda ajratilgan mablag’lardan tejamkorlik bilan foydalanish.
- telefon tarmoqlaridan foydalanishda, aloqaning uzluksizligini, sifatini nazorat qilish hamda aloqa buzilgan hollarda hududiy telefon tarmoqlari bo’linmalariga xabar berib, aloqani tiklash choralarini ko’rish;
- ta’lim muassasasining sanitariya holatini talab darajasida bo’lishida farroshlar, binoni qo’riqlashda qorovullar, atrof-muhitni obodonlashtirihda bog’bonlar ishining to’g’ri tashkil qilish.
- kuz-qish mavsumiga muassasa binosi tomlarini, oyna va romlarni, isitish tizimini, kanalizasiya quvurlarini ta’mirlab, tayyor holga keltirilishini ta’minlash.
6.9.4. Ta’lim muassasasi rahbarining xo’jalik ishlari bo’yicha o’rinbosarining zimmasiga kassirlik vazifasi yuklatilgan holatda:
- ta’lim muassasa kasseri naqd pullarni davlat bankidan qabul qilish va topshirish bo’yicha kassa operasiyalari O’zbekiston Respublikasi Qonunchiligiga muvofiq tasdiqlangan birlamchi hisob hujjatlari shakllari bilan rasmiylashtiradi.
-kassada pul mablag’larining saqlanishi va tarqatilmagan pul mablag’larini bank muassasasiga qaytib topshirishga javobgar hisoblanadi.
-kassa operasiyalari hisobini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl bo’yicha maxsus kassa daftarida yuritadi hamda kassa daftarini o’chirishlar va tuzatishlar qilishga yo’l qo’ymasdan olib boradi.
6.9.5. Maktablarda buxgalter, moddiy javobgar shaxs lavozimlari kiritiladi
Maktab buxgalteri o’z vazifalarini uning vakolat va javobgarlik doirasi belgilangan umumtalim maktablari buxgalteri haqidagi tegishli Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.